Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samsung Galaxy Z Fold smartfonining 4-avlodi taqdim etildi

Samsung Galaxy Z Fold smartfonining 4-avlodi taqdim etildi

Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi Galaxy Z Fold smartfonining 4-avlodini taqdim etdi.

Top Fold-turkum flagmani bu safar ham diagonali 6,2 dyuymli tashqi AMOLED-ekran (yangilanish chastotasi 120 Gs) hamda 7,6 dyuymli asosiy bukiluvchi AMOLED-ekran (yangilanish chastotasi 120 Gs) bilan chiqarildi.

Galaxy Z Fold 4 protsessori — eng yangi talqindagi Snapdragon 8+ Gen 1.

Smartfon operativ xotirasi — 12 Gb, flesh-xotirasi modifikatsiyasiga qarab 256 Gb yoki 512 Gb.

Telefonda katta ekranli qurilmalar uchun maxsus ishlangan Android 12L operatsion tizimi qo‘llanilgan.

Oldindan buyurtmalar uchun smartfon narxi — $1799. Maxsus g‘ilof (Standing Cover) stilus (S Pen) uchun qo‘shimcha $100 to‘lov qilinadi. Smartfon rasman 2022-yilning 26-avgustidan sotuvga chiqariladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring