Samsung Galaxy S25 Ultra haqida ilk ma’lumot berildi (video)

Samsung Galaxy S25 Ultra
Samsung kompaniyasi Galaxy S25 Ultra smartfoni haqida ilk ma’lumotlarni e’lon qildi.
Android Headlines yozishicha, bu innovatsion yupqa dizaynga ega, telefotosensori 5 zumli smartfon.
Galaxy S25 Ultra shu turkumning oldingi avlod smartfonlaridan yengilroq — 219 gramm. Solishtirish uchun: Galaxy S24 Ultra — 232 g, yaqinda sotuvga chiqqan iPhone 16 Pro Max — 227 g.
Galaxy S25 Ultra deyarli barcha o‘lchamlar bo‘yicha Galaxy S24 Ultra dan kichik — shuning uchun yengilroq, biroq romlari yanada ingichkalashgani hisobiga ekrani kattaligi saqlanib qolgan — 162,8 x 77,6 x 8,2 mm.
O‘lchami va og‘irligi kichraygan Galaxy S25 Ultra smartfonining akkumulyatori sig‘imi ham oldingi avlodniki kabi 5000 mAsch. Quvvatlash texnologiyasi ham o‘sha-o‘sha — 45 Vt gacha. Protsessori — Qualcomm Snapdragon 8 Gen 4.
Samsung Galaxy S25 turkumiga kiruvchi smartfonlarning rasmiy taqdimoti 2025-yilning 13-yanvarida o‘tkazilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter