«Samsung Galaxy S21» flagmanlarining rasmiy videosi paydo bo‘ldi
![«Samsung Galaxy S21» flagmanlarining rasmiy videosi paydo bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/4/1/720_460_95_4163308474.jpg)
«Samsung» o‘z flagmanlarini yangi yilning dastlabki oyida (14-yanvar) taqdim etishni rejalashtirgan, shunga qaramay, internetda tarqalayotgan videolar hozirdanoq bu smartfonlarning ayrim tafsilotlarini ochiqlayapti.
Smartfonlar shakl-shamoyili, rangi qanaqa, qaysi turdagi kameralar o‘rnatiladi — hammasi roliklarda ko‘rsatib berilgan.
The design of the Samsung Galaxy S21 series is exciting! pic.twitter.com/72ZVYBEsBx
— Ice universe (@UniverseIce) December 9, 2020
Ko‘rinib turibdiki, smartfonlarning sirt qismi deyarli o‘zgarmagan, o‘sha-o‘sha ingichka romlar, selfi-kameralar uchun kichik tirqishlar ham shundayligicha qolgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Galaxy S21 5G» va «Galaxy S21+ 5G» modellari asosiy kameralari 64, 12, 12 Mp datchiklardan iborat bo‘ladi, «Galaxy S21 Ultra» smartfoni bosh kamerasi esa 108 Mp yechimga ega, qo‘shimcha kameralari 12, 10, 10 Mp.ni tashkil etadi.
Yangi «Samsung Galaxy S21» flagmaniga qaysi mintaqaga yuborilishiga qarab, «Exynos 2100» yoki «Snapdragon 888» protsessorlari o‘rnatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter