«Samsung Galaxy F» turkumiga mansub ilk smartfon tafsilotlari ochiqlandi
Janubiy Koreyaning «Samsung» kompaniyasi «Galaxy F» turkumiga kiruvchi ilk smartfoni — «F41»ning ayrim tafsilotlarini ochiqladi. Ushbu smartfon taqdimoti 8-oktyabrga mo‘ljallangan.
Taqdimotgacha smartfonning old va ort panellari suratlari rasman namoyish etildi, deb yozmoqda «Gizmochina».
Ushbu fotolardan ko‘rinib turibdiki, «Samsung Galaxy F41»ga S-AMOLED ekran (Infinity-U) o‘rnatilgan, frontal kamerasi osti tomchisimon ko‘rinishda. Ort panelida uchtalik kamera hamda barmoq izi sensori mavjud. Smartfon anchayin sig‘imli — 6000 mAs akkumulyatorda chiqarilishi kutilyapti.
«Galaxy F41» displey kengligi 6,4-dyuym (FHD+), protsessori — bir kristalli Exynos 9611. Telefon operativ xotirasi — 6 GB, flesh-xotirasi 64/128 GB.
Xabarga ko‘ra, yangi smartfonning asosiy kamerasi 64 MP, frontal kamerasi 32 MP bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter