Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samsung» egiluvchan displeyga ega g‘alati qurilmani patentladi

«Samsung» egiluvchan displeyga ega g‘alati qurilmani patentladi

Egiluvchan displey prototipi.

Foto: «NV.ua»

Janubiy Koreyaning «Samsung» kompaniyasi o‘z korpusining o‘qi atrofida aylanishga qodir egiluvchan displeyni patentlashga muvaffaq bo‘ldi. Gadjet konsepti planshetni yodga soladi, biroq ekranni unchalik katta bo‘lmagan «kolba» ichiga o‘rab solib mumkin va u ko‘p joyni egallamaydi, deb xabar berdi «Nv.ua».

Patentlangan suratdan ko‘rish mumkinki, barmoq izi skaneri korpus asosidan o‘rin oladi. O‘ralgan displey joylashuvchi korpusning uzunasiga esa magnitlar joylashgan bo‘lib, ular displeyning harakatini ta’minlaydi.

Patentda ko‘rsatilishicha, qurilma silindrsimon va to‘rtburchak shaklda bo‘ladi. Birinchi holatda displey korpus ichiga o‘raladi, silindrsimon korpusda esa — displey uning atrofiga o‘raladi.

«Samsung» o‘zining ushbu egiluvchan ekranidan qaysi qurilmalarda foydalanishni rejalashtirayotgani hozircha noma’lum. Patent arizasida smartfon yoki planshet haqida so‘z bormagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring