«Samsung» dunyodagi eng yirik LED-ekranni taqdim etdi
«Samsung Electronics» kompaniyasi dunyodagi eng yirik svetodiodli (LED) ekranni ishlab chiqqanini ma’lum qildi. 3D ni qo‘llovchi «Onyx Cinema» ekrani Xitoyning Pekin shahridagi «Capital» kinoteatriga o‘rnatildi.
Kompaniya Pekindagiga o‘xshash 14 metrli displeylarni jahondagi boshqa kinoteatrlar uchun ham taqdim etishini bildirdi.
«Samsung» kompaniyasi «Onyx» turkumidagi ilk katta ekranni (10 metrli) 2017-yil iyul oyida taqdim etgandi. Bozordagi talabdan kelib chiqib, ekran 14 metrgacha kattalashtirildi.
«Capital»dagi ekran 4K, HDR kabi sifatlarni o‘zida jamlagan, yorqinligi 88fL (fut-lambert), ya’ni standart proyektorlardan olti karra yorqinroq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter