«Samsung» 5G-smartfonlari: reja va kutilmagan natija
![«Samsung» 5G-smartfonlari: reja va kutilmagan natija](https://static.xabaruz.com/crop/3/0/720_460_95_3089023264.jpg)
«REGNUM» kompaniyaning matbuot xizmatiga asoslanib yozishicha, «Samsung» 2019-yili beshinchi avlod aloqa standartiga mansub (5G) 6,7 million dona smartfon ishlab chiqardi.
Rejaga ko‘ra, kompaniya 2019-yil davomida 5G-smartfonlardan 4 milliontasini yetkazib berishni rejalashtirgan ekan. Ko‘rib turganingizdek, bu marra ortig‘i bilan zabt etilgan.
Qayd etilishicha, 2019-yilning oxirgi oyida global bozorga yetkazilgan 5G-smartfonlarning 50 foizidan ortig‘i aynan «Samsung» rusumi ostida edi.
O‘tgan yili 5G-smartfonlarning jami smartfonlar bozoridagi ulushi 1 foiz atrofida aylandi. «Samsung» kompaniyasi 2020 yil 5G-texnologiyalar uchun burilish yili bo‘lishini va 5G-smartfonlarning umumiy bozordagi ulushi 18 foizgacha o‘sishini xomcho‘t qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter