Samarqandda IT operator hamshiralarning malakasi oshirildi
Samarqand viloyatining qator hududlarida faoliyat yuritayotgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarini axborot texnologiyalari hamda kompyuter savodxonligi bo‘yicha malakasini oshirish ishlari davom etmoqda.
Bunga misol tariqasida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida 28 nafar IT operator – hamshiralar, tibbiy ro‘yxatchi xodimlarining kompyuter savodxonligi va «Elektron sog‘liqni saqlash kompleksi» axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha bepul tarzda malakalari oshirilib, bitiruv sertifikatlari taqdim etildi.
Ta’kidlash lozim, har bir oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika hamda tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida elektron tizim bilan ishlaydigan bir nafardan IT operator – hamshira lavozimi joriy etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter