Rossiyada dunyodagi birinchi huquqshunos robot yaratildi. U barcha savollarga bepul maslahat beradi
Rossiyalik ixtirochilar dunyoda birinchi bo‘lib huquqshunos robotni yaratdi. U neyrotarmoqlar asosida ishlaydi, rus tilida berilgan savollarni tushunib, bir soniya ichiga unga javob qaytaradi. Robotning xizmati bepul, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».
Ixtirochilarning so‘zlariga qaraganda, mazkur robotning huquqiy sohada boshqa analogi yo‘q. Neyrotarmoq 100 mingdan ortiq foydalanuvchilar so‘rov yuboradigan Rossiyadagi eng katta bazalardan birida «ta’lim olgan».
«Tirik» yurist bir kunda 15—20 ta savolga javob qaytara olsa, ushbu robot minglab murojaatlarni ko‘rib chiqishga qodir. Xususan, ularning barchasini batafsil o‘rganib chiqadi va tekinga xizmat ko‘rsatadi. Murakkab vaziyatlarda esa pulli konsultatsiya uchun huquqshunos-odamga murojaat qilish bo‘yicha tavsiya beradi.
Ayni vaqtda huquqshunos robot iste’molchilar huquqi borasida saytga kelayotgan savollarga javob qaytarmoqda. Mazkur bo‘limdagi 40 foiz savollar maishiy tovarlarni sotib olish bilan bog‘liq.
Agarda biror-bir odam buzilib qolgan smartfon uchun pulini qaytarib olishni istasa, robot bu borada batafsil maslahatni beradi.
Robot-huquqshunosning algoritmini juda tez boshqa sohalarga tatbiq etsa bo‘ladi: banklar, sug‘urta kompaniyalar, davlat organlari. Tez orada robotning iOS va Android versiyalarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter