Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya brendi 3 kungacha quvvatlanmasdan ishlay oladigan smartfon taqdim etdi

Rossiya brendi 3 kungacha quvvatlanmasdan ishlay oladigan smartfon taqdim etdi

Foto: «DigiMedia.ru»

Rossiyaning «BQ» brendi yangi hamyonbop «Balanse» smartfonini yaratdi. Qurilmaga sig‘imi 5000 mA/soatga teng akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, buning yordamida smartfon uch kunchaga bemalol quvvatlanishsiz ishlay oladi. Shuningdek, smartfondan boshqa gadjetlarni quvvatlantirishda ham foydalansa bo‘ladi, deb xabar berdi «4PDA».

«BQ Balanse» smartfoniga 5,2 dyuymli IPS displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, u to‘liq laminatsiyalangan. Bu ekran va himoya qatlami orasida havo pufakchalari yo‘qligini va undagi tasvirlar ancha yorqin hamda katta ko‘rinishini bildiradi.

Smartfonga to‘rt yadroli «Mediate MT6737» protsessori, 2 gigabayt tezkor xotira va 16 gigabayt ichki xotira o‘rnatilgan.

Asosiy kamerasi 13 megapiksellga, frontal kamerasi esa 8 megapiksellga teng, uning yordamida «portret» rejimida suratga olish ham mumkin.

Ayni vaqtda smartfonni firma do‘konlaridan 133 dollarga xarid qilish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring