Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli texnologiyalar vaziri Dubai Internet City hamda TYeCOM Group mas’ul vakillari bilan uchrashdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Dubai Internet City hamda TYeCOM Group mas’ul vakillari bilan uchrashdi

Foto: Mitc.uz

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan Jahon hukumatlari sammiti (World Government Summit) doirasida Dubai Internet City texnologiya markazi hamda TECOM Group mas’ul vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda joriy yilda Dubay Amirligida (Dubai Internet City yoki Dubai Outsource City da) IT-Parkning rasmiy vakolatxonasini ochish hamda IT-Park rezidentlarining yuqorida nazarda tutilgan sohalar bo‘yicha faoliyatini kengaytirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Dubai Internet City misolida IT-Parkni xususiylashtirish takliflari bildirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring