Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli raqobatbardoshlik reytingi e’lon qilindi

Raqamli raqobatbardoshlik reytingi e’lon qilindi

Foto: IMD

Shveysariya biznes-maktabi (IMD) xalqaro raqamli raqobatbardoshlik reytingini e’lon qildi. Jami 50 yo‘nalishdagi mezonlar uch asosiy guruhga jamlandi: bilimlar, texnologiyalar va kelajakka tayyorgarlik.

Yuqoridagi talablarga to‘liq javob bergan va 100 ball to‘plagan AQSh reytingdagi o‘rnini saqlab qoldi — 1-o‘rin.

Yetakchi o‘nlikka Osiyodan uch mamlakat kirdi: Singapur (2-o‘rin), Gonkong (8-o‘rin) va Janubiy Koreya (10-o‘rin).

Top-10talikdagi qolgan mamlakatlar Yevropa vakillari: Shvetsiya, Daniya, Shveysariya, Niderlandiya, Finlyandiya va Norvegiya.

Top-10

Foto: Bworldonline» 

Ro‘yxatda jami 63 mamlakat bor, shulardan ayrimlarining natijalari: BAA — 12-o‘rin, Xitoy — 22 o‘rin, Yaponiya — 23-o‘rin, Qozog‘iston — 35-o‘rin, Rossiya — 38-o‘rin, Hindiston — 44-o‘rin, Turkiya — 52-o‘rin, Mo‘g‘uliston — 62-o‘rin.

Chuqur siyosiy va iqtisodiy inqirozni boshdan o‘tkazayotgan Venesuela — 63-o‘rinda!

To‘liq jadval

Foto: IMD
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring