Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli texnologiyalar vazirligiga vazifalar topshirildi

Raqamli texnologiyalar vazirligiga vazifalar topshirildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugungi yig‘ilishda Raqamli texnologiyalar vazirligiga, tegishli vazirlik va hokimliklar bilan birgalikda, qator vazifalarni amalga oshirish topshirildi.

Jumladan:

- aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar bo‘yicha 26 ta axborot tizimini Yagona davlat xizmatlari portali bilan birlashtirish;

- ushbu portal orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlarni hozirgi 370 tadan 570 taga yetkazish;

- yangi avtotransportlarni onlayn davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va raqam berish tizimini joriy qilish;

- yana 8 turdagi notarial harakatlarni onlayn shaklga o‘tkazish;

- jami 11 mingga yaqin suv xo‘jaligi obyektlarida suv hisobini yuritishning raqamli tizimini joriy etish;

- 2 mingdan ziyod meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashgan monitoring tizimiga o‘tkazish;

- barcha tibbiyot muassasalarini lokal tarmoq bilan qamrab olish, ularni kompyuterlar bilan to‘liq jihozlash;

- tibbiyotni raqamlashtirish bo‘yicha 50 million dollarlik loyihani boshlash.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring