Qozog‘istonda kibersport rasman sport turiga aylandi
Qozog‘iston madaniyat va sport vazirligi kibersportni rasman sport turi sifatida tan oldi. Vazirlikning tegishli buyrug‘iga havolani «Facebook»dagi sahifasiga 25-iyun kuni joylagan «Qozoqtelekom» boshqaruvi raisi Kuanishbek Yesekeyev barcha geymerlarni tabriklagan.
Yesekeyev kibersportning rasmiy maqom olishi mamlakatda raqamlashtirishni rivojlantirishga yordam berishi, Qozog‘istonni dunyoga yanada tanitishi hamda xorijiy sayyohlarni jalb etishini bildirib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter