Qotil robotlarni yaratishga urinishi uchun Janubiy Koreya institutiga boykot e’lon qilinadi
Sun’iy intellekt sohasida yetakchi hisoblangan 50 nafardan ortiq ekspert Janubiy Koreyaning ilg‘or texnologiyalar institutiga («KAIST») nisbatan boykot e’lon qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Bunga mazkur institut sun’iy intellektdan foydalangan holda qurol yaratish tarafdori ekanligi sabab bo‘lgan, deb xabar beradi «Hi-News».
Shuningdek, sun’iy intellekt sohasidagi ekspertlarning g‘azabiga «KAIST»ning BMT konvensiyasiga ko‘ra taqiqlangan kasset aviabombalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi «Hanwha Systems» kompaniyasi bilan hamkorligi sabab bo‘lgan.
«BMT xalqaro xavfsizlik borasidagi tahdidlarga oid masalalarni muhokama qilayotgan bir paytda «KAIST» kabi nufuzli universitet yangi qurollarni ishlab chiqarish orqali «qurollanish poygasi»ni tezlashtirishga intilaayotgani juda achinarli», — deyiladi ekpertlar tomonidan taqdim etilgan ochiq maktubda.
«KAIST» rahbari Sin Son Chol boykot borasidagi qarorga nisbatan o‘z fikrini bildirib, institut qotil robotlarni yaratish niyatida emasligini aytdi.
«Akademik muassasa sifatida biz inson huquqlari va etika standartlarini hurmat qilamiz. «KAIST» inson huquqlarini poymol qiladigan prinsiplar asosida tadqiqot o‘tkazish niyatida emas, jumladan, inson nazorati talab qilinmaydigan avtonom qurollanishni yaratish borasida ham», — deydi Sin Son Chol.
Ko‘plab olimlar sun’iy intellekt tizimlarini ishlab chiqish va joylashtirishni tartibga soluvchi tavsiyaviy ko‘rsatmalarni yaratishga chaqirmoqda. Shunga qaramay, agar u ishlab chiqilgan taqdirda ham, sun’iy intellekt bilan shug‘ullanuvchi har bir tomonni kuzatib borishning imkoni bo‘lmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter