Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shrabotda axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab ochildi

Qo‘shrabotda axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab ochildi

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi 77-son informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AKT vazirligi matbuo xizmati xabar berdi.

Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Qo‘shrabot tuman hokimligi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi rahbar va xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Mazkur maktab zamon talablari asosida ta’mirlandi va jihozlandi. Unda informatika, robototexnika, IT English sinfxonalari, raqamli kutubxona tashkil etildi. Endilikda ushbu maktab o‘quvchilariga informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalar chuqurlashtirilib o‘qitiladi va amaliyotda bilimlarini sinash imkoniyati beradi.

O‘tgan davrda Samarqand viloyatida 7 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring