Qaysi smartfonda mobil internet eng tez ishlaydi?

«Ookla» servisi mobil interneti eng tez ishlovchi smartfonlarni aniqladi, deya xabar bermoqda «Astera.ru». «Speedtest» natijalariga ko‘ra, «Samsung» kompaniyasining «Galaxy S9» va «S9+» flagmanlarida internet asosiy raqobatchisi — «iPhone X» dagidan 37 foiz tezroq ishlaydi.
Servis ma’lumotlariga ko‘ra, shuningdek, koreys flagmanlari mobil internet tezligi bo‘yicha «Pixel 2»ni 17 foizga, «Galaxy S7»ni 38 foizga ortda qoldirgan. Eslatib o‘tamiz, bu natijalar faqat «Snapdragon 845» protsessorlarida ishlovchi smartfonlar uchun taalluqli.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter