Qanday qilib HUAWEI nova sizning turmushingizga zeb beradi?
HUAWEI nova smartfonlarining har bitta avlodi ilg‘or texnologiyalar asosida yaratilib, zamonaviy dizayn, qudratli kamera, a’lo darajali funksiyalar va intellektual muloqotda o‘z aksini topuvchi innovatsiyalar g‘oyasini ifoda etadi.
Yangi HUAWEI nova 10 seriyasi ham mazkur g‘oyani davom yettirgan holda HUAWYeI nova 10 Pro, HUAWEI nova va HUAWEI nova 10 SE modellarini qamrab oluvchi 10-avlod qurilmalarining silsilasini boshlab berdi.
Quyida HUAWEI nova seriyasidagi qurilmalarning texnik xususiyatlari va funksiyalari haqida batafsil ma’lumot keltiriladi.
Zamonaviy inflyuenserlar uchun bashang dizayn
HUAWEI nova 10 Miltillovchi kulrang, Porloq qora, Yalpizsimon yashil va Lavanda ranglarida taqdim yetilgan bo‘lib, ularning fazoviy shu’lasi qanday uslub tanlanganidan qat’i nazar, sizning qiyofangizni boshqalardan yaqqol ajratib turadi. Hashamat va noziklik tarovatini hosil qilish uchun bir xil tusli va neytral kiyimlar bilan Miltillovchi kulrang va Porloq qora rangidagi nova 10 Pro modelini uyg‘unlashtirish tavsiya yetiladi.
Yalpizsimon yashil rangidagi Nova 10 SE navqironlik va hayotiy quvvatni a’lo darajada ta’kidlay oladi, mayin lavanda rangli nova 10 esa sokinlik va tabiat bilan qorishish hissiyotini yaratadi. Bu har ikkala model rangba-rang libos yoki guldor naqshli aksessuarlarni xush ko‘radigan zamonaviy inflyuenserlarga mos tushib, ularning qiyofasiga bir maromda zeb bag‘ishlay oladi.
Havaskorlar va professional fotograflar uchun kameralar
HUAWEI nova 10 seriyasidagi kameralar har qanday darajadagi fotograflarning talablariga javob bera oladi.
HUAWEI nova 10 va nova 10 Pro qurilmalari Ultra Vision 50 MP RBYY va avtomatik fokuslash funksiyasiga ega 8 MP aniqlikdagi ultrakeng burchakli makromoduldan iborat asosiy Ultra Vision kamerasi bilan jihozlangan bo‘lib, bu ayniqsa endigina fotografiya olamiga kirib kelayotgan suratkashlar uchun ayni muddaodir.
Yangi fotograflarga bitta qurilmaning o‘zida har xil tasvirga olish usullarini sinab ko‘rish imkoniyatini taqdim etish uchun asosiy dinamik kamera yordamida smartfon har qanday sahnalarni, deylik, baland tog‘lar tizmasidan gul bargidagi shudring qatrasigacha bo‘lgan manzaralarni obyektivga muhrlay oladi.
Har kunlik kontentni yaratishga xizmat qiladigan vositalar
HUAWEI nova 10 SE modelining asosiy kamera moduli tasvirlarni qayta ishlovchi RAW tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u yuqori aniqlikdagi High-Rec 108 megapikselli asosiy modul, 8 megapikselli o‘tkirlik chuqurligini o‘lchaydigan ultrakeng burchakli modul va 2 MP aniqlikka yega makromoduldan tashkil topgan. 9 ta pikselni 1 ta pikselga birlashtirish texnologiyasi kengaytirilgan yoritish diapazoni tufayli ajoyib detalizatsiya darajasini ta’minlaydi. f/1.9 formatdagi keng diafragma yesa ko‘proq yorug‘likni o‘tkazish va orqa fonni tabiiy xiralashtirish uchun o‘tkirlik chuqurligini yaxshilash imkonini berib, tasvirga olish obyektiga butun ye’tiborni jalb yetadi. RAW formatidagi kadrlarni birlashtirish algoritmi turfa xil tasvirga olish ssenariylarida yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. nova 10 SE smartfoni ham bino ichida, ham tashqarida, qorong‘ilik yoki xira yoritish sharoitida ham ajoyib suratlarni tushira oladi.
Geymerlar va ko‘ngilochar mashg‘ulot ishqibozlari uchun funksiyalar to‘plami
Mobil o‘yinlar rivojlangan bir davrda, foydalanuvchilar o‘yin funksiyalarining keng to‘plamiga yega smartfonlarni afzal ko‘rishadi. HUAWEI nova 10 va nova 10 Pro smartfonda o‘yin sifatini oshiruvchi yangi Touch Turbo 2.0 texnologiyasi bilan kuchaytirilgan. Foydalanuvchilar kerakli amalni ishga tushirish uchun shunchaki qurilmani silkitishlari kifoya. Bu xususiyat MOBA, action va poyga janridagi o‘yinlarni xush ko‘ruvchi kishilar uchun juda asqatadi. Smartfonning holatini o‘zgartirgan holda, o‘yinchilar hech qanday qiyinchiliksiz nishonga olishi, otishi, aslaha-anjomlarni almashtirishi, qurolni qayta o‘qlashi va oldinga yurishlari mumkin.
Bundan tashqari, nova 10 seriyasidagi smartfonlarda HUAWEI Super Charge tezkor quvvatlash funksiyasi ham mavjud bo‘lib, u qurilmani sanoqli daqiqalarda zaryadlay oladi. Yendi batareyaning ish vaqti haqida o‘ylanaverib, bezovta bo‘lishga hojat yo‘q. Navbatdagi o‘yinni yuklab olishi yoki quvvatlanishi uchun shunchaki o‘z nova 10 Pro telefoningizni 20 daqiqa chetga surib qo‘ying.
Tanaffusdan keyin sevimli serialingizni tomosha qilish yoki maroqli o‘yinni o‘ynashga qaytishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter