Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qadimgi Samarqand: «Ucell»ning birinchi muhabbati

Qadimgi Samarqand: «Ucell»ning birinchi muhabbati

Foto: Kompaniya matbuot xizmati

Aynan Samarqandda «Ucell»ning birinchi tarmog‘i ishga tushirilgan edi. 1996-yilda birinchi qo‘ng‘iroq Samarqanddan amalga oshirilib, kompaniyaning tarmog‘i ushbu manzildan rivojlanishni boshlagan. Bugungi kunda abonentlar hamda tayanch stansiyalar soniga ko‘ra, Samarqand viloyati birinchi o‘rinda turadi.

Foto: Kompaniya matbuot xizmati

Samarqandda joylashgan «Ucell - Samarqand» mintaqaviy bo‘linmasining ikkita ofisi hamda Kattaqo‘rg‘onda bitta mini ofisi bor.

Kompaniya matbuot xizmati «Ucell-Samarqand» ofisining kundalik ish faoliyati haqida, erishilgan muvaffaqiyatlar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish yo‘llari, mintaqaviy ofis oldida turgan masalalar hamda yangi g‘oyalar to‘g‘risidagi Mintaqaviy ofis rahbari, bosh muhandis hamda dilerlarning uchta qisqa ko‘rinishdagi suhbatini taqdim etdi.

Kamol Muhammadiyev. Foto: Kompaniya matbuot xizmati

Kamol Muhammadiyev, «Ucell-Samarqand» mintaqaviy ofisi direktori v.b.:

— Mintaqaviy ofis oldida qanday masalalar mavjud? Samarqand ofisida texnik qurilmalarni muvofiqlashtirish talab etiladi. Eng boshidan joriy etilgan birinchi tayanch stansiyalar hali ham ishlamoqda. Rivojlanish davom etmoqda, qurilmalar eskirmoqda. Ularning barchasini yangilash lozim. Shu sabab, mintaqamiz uchun keng qamrovli hajmda o‘zgarishlar kerak.

Rejaga muvofiq keyingi yilda amalda ishlayotgan qurilmalardan 80 foizi almashtirilishi lozim. Hozirgi kunda barchada yangi telefonlar mavjud va ular sifatli internet xizmatlaridan foydalanishni istaydilar.

Oxirgi ikki oy ichida, ya’ni oktyabr va noyabr oylarida biz 4G tarmog‘ida ishlovchi 32 ta yangi tayanch stansiyalarini ta’minladik. Samarqandda biz to‘rtta kuchli 4G stansiyasini va Kattaqo‘rg‘onda yangi 4G stansiyasini o‘rnatdik. Bundan tashqari, Juma va Oqtosh shaharlarida 4Gni joriy etdik. Eng katta imtiyoz bu pasport va yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga muvofiq abonentlarni tarmoqqa ulash bo‘ldi.

Keyingi yil 50 ta yangi tayanch stansiyalarini joriy etish rejalashtirilgan va ulardan 25 ta stansiya bilan bog‘liq hujjatlar tasdiqlanishi kerak. Yaqin kunlarda biz ushbu hududlarga tashrif buyurib, kelajakdagi o‘zgarishlar haqida ma’lum qilmoqchimiz.

«Ucell-Samarqand» o‘sib borayotgan raqobat sharoitlarida dilerlar va texnik bo‘lim bilan qo‘lni-qo‘lga berib ishlayotganligidan faxrlanadi. Jamoa barqaror rivojlanishni va abonentlar bazasini saqlab qolishga muyassar bo‘lmoqda.

Emil Kurtnazarov. Foto: Kompaniya matbuot xizmati

Emil Kurtnazarov, «Ucell-Samarqand» mintaqaviy bo‘limi bosh muhandisi:

— Texnik ofis javobgarligiga sifatli va uzluksiz aloqani ta’minlash, nazorat qilish, kechayu-kunduz barcha tizimlarni kuzatib borish, mavjud buzilishlarni bartaraf etish va texnik qurilmalarga doimiy ravishda xizmat ko‘rsatish kabilar kiradi.

Texnik xodimlar ro‘yxati hozirgi paytda kengaymoqda. Bo‘limlar ko‘paymoqda. Masalan, saytlarni ta’minlash guruhi hududlar ta’minoti va ularni ijaraga olish, shuningdek, rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Xizmat ko‘rsatish, foydalanish va tarmoqni qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga juda ko‘p xodimlar ishga olindi.

Biz abonentlar bilan yaqindan ishlash jarayoni ustida ishlamoqdamiz, shu jumladan, biz shikoyatlar sababini aniqlash maqsadida joylarga chiqa boshladik.

Imkon qadar ushbu masalalarni joyida yechishga harakat qilyapmiz, agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, murojaatni keyingi bosqichlarda ko‘rib chiqish uchun taqdim etamiz.

Asosan shikoyatlar mobil aloqa deyarli mavjud bo‘lmagan va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi abonentlardan kelib tushadi. Biz ushbu hududlarni tarmoq qamrovini kengaytirish bo‘yicha rejaga kiritib boramiz.

Bu yil oktyabr oyida biz 4G tarmoq qamrovini kengaytirish bo‘yicha ishlar amalga oshirdik. 1800 tezlikdagi 32 ta yangi tayanch stansiyalarini o‘rnatib, ishga tushirdik. Barcha ishlar deyarli bir oy ichida tugatildi.

Bu ishlarni biz o‘z kuchimiz bilan, ya’ni qurilmalarni qabul qilib, tushirib olish, saytlargacha yetkazish va joriy etish kabi ishlarni amalga oshirdik. Bugungi kunda quyosh batareyalar yordamida quvvatlanuvchi uzoq masofada joylashgan hududlarda 20 dan oshiq saytlar ishlamoqda. Asosan bu tog‘li, qo‘riqlanmaydigan va elektr toki qurilmalarini o‘rnatish imkoni yo‘q bo‘lgan hududlardir.

Нигора Каршиева. Foto: Kompaniya matbuot xizmati

Nigora Karshiyeva, diler:

— Dilerlik shoxobchamiz 2006 yildan o‘z ishini boshlab, mana 13 yildirki o‘z faoliyatini olib bormoqda. Har oyda 250 ga yaqin yangi abonentni tarmoqqa ulaymiz. Juda ko‘p insonlar mobil operatorlarini o‘zgartirish istagi bilan keladilar va Ucellni afzalroq deb biladilar. Samarqandda aloqa juda yaxshi. Yagona taklif – bu telegram kanalida, ijtimoiy tarmoqlarda qiziqarli tariflarga aholini qiziqtirish maqsadida yanada ko‘proq reklamalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etishdir.

Foto: Kompaniya matbuot xizmati

Tariflar bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan buklama reklamalarni yanada ko‘proq chop etsangiz. Abonent barcha tariflarni eslab qolishi juda qiyin masala, flayerlar taqdim etilsa, barcha ma’lumotlar uning qo‘lida bo‘ladi.

Bundan tashqari buklama reklamalar nafaqat o‘zbek va rus tillarida chop etish, boshqa tillarda ham chiqarish zarur. Samarqand sayyohlar markazidir. Shu sababli, ingliz, fransuz va boshqa tillardagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan buklama reklamalarning foydasi juda katta. «Sayyoh» tarifi, masalan, O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilayotganlar uchun juda foydali, ammo mehmonlarimiz bu haqida bilmaydilar.

Keyingi yil «Ucell - Samarqand» mintaqaviy bo‘linmasi uchun texnik qayta jihozlash yili bo‘ladi va 2020-yilda ko‘plab yangi loyihalar joriy etiladi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring