Pulni olish qiyin, soliqlar ko‘p: frilansingdagi «yemagan» bahonalar (video)
Avval xabar berganimizdek, ayni paytda AKT vaziri Sherzod Shermatov bilan frilansing bo‘yicha jonli muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Muloqotda vazir O‘zbekistonda pul topish va uni olish yo‘llari haqida gapirib o‘tgan.
«Ko‘p yoshlarni bilamiz, bizda PayPal yo‘q, pulni olish imkonsiz yoki soliqlarlar juda katta, degan bahonalar bilan o‘z yo‘llarini o‘zlari to‘sadilar. Aslida esa unday emas. Avval shu pulni topish kerak, so‘ng uni olish yo‘lini izlang. PayPal hozircha yo‘q bo‘lsa, boshqa oson yo‘llari bor», degan vazir yoshlarga murojaat qilib.
Shermatovning aytishicha, frilansingdan topilgan daromadni bankda hisobraqam ochgan holda yechib olish juda qulay. Chunki hisobraqam va viza kartani ochish tekin.
«Soliqqa kelsak, hukumatimiz qarori bilan o‘z-o‘zini band qilish degan norma kiritilgan. Bu yerda bitta ijtimoiy soliq bor, BHM 1 baravari (300 ming so‘m) miqdorida. Uni to‘lash ixtiyoriy, bu pul rasman ishlaydi degan maqomni beradi sizga va pensiyaga chiqishda foydasi katta», degan vazir.
Onlayn muloqot davom etmoqda. Siz ham o‘z savollaringiz bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter