Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Davlatimiz rahbari jahon iqtisodiyoti shiddat bilan o‘zgarib borayotgan sharoitda hech bir sohani raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.
«Raqamlashtirishdan bosh tortayotgan rahbar - korrupsiyani yo‘q qilishga intilmagan rahbar», dedi Prezident.
Joriy yilning o‘zida mamlakatimizda:
- ta’lim, bank, moliya, bojxona, qishloq xo‘jaligi, geologiya, kadastr kabi sohalarni raqamli transformatsiya qilish doirasida 100 ta dasturiy loyiha ishlab chiqildi;
- 500 dan ziyod yangi IT kompaniyalari tashkil etilib, sohaga 475 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kirib keldi;
- yil yakuni bilan IT xizmatlari hajmi 10 trillion so‘mga yetishi (2022 yilga nisbatan – 1,5 barobar ko‘p), eksporti esa 300 million dollardan oshishi (2 barobar) kutilmoqda.
Lekin sohani yanada rivojlantirib, xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha qilinadigan ishlar hali juda ko‘p, dedi Prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter