Prezident IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Astrum» akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda, deb xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.
«Bugun yangi IT akademiyasiga biz uchun ahamiyati nihoyatda yuqori bo‘lgan IT sohasidagi yetuk mutaxassislar va yoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazish uchun keldim.
Biz bugun birgalikda yechimlarini topadigan masalalar butun O‘zbekiston yoshlarining IT sohasidagi intilishlariga katta turtki va motivatsiya berishiga ishonaman», dedi davlatimiz rahbari.
Dunyoda IT xizmatlari shiddat bilan rivojlanmoqda. Jahonda bu sohaning o‘sish sur’atlari yiliga 10 foizni tashkil etib, joriy yilda 4,3 trillion dollarga yetadi.
«Biz ushbu bozorda mustahkam o‘rin egallash borasida katta islohotlarni boshladik. Sohaga so‘nggi besh yilda 2 milliard dollar, shundan 700 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar yo‘naltirildi.
Bundan uch yil oldin IT parklar tashkil qilib, ularga alohida soliq rejimini joriy etdik», dedi Prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter