Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtda «Istanbul» texnoparkining inkubatsiya markazi tashkil etiladi

Poytaxtda «Istanbul» texnoparkining inkubatsiya markazi tashkil etiladi

INNOWEEK-2020 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligining uchinchi kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Turkiya investorlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni nazarda tutuvchi Hamkorlik bayonnomasi imzolandi.  Bu haqda «Xabar.uz»ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Oybek Norinbayev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Inson resurslarini boshqarish ofisi Prezidenti, prof. Salim Atay tomonidan imzolandi. Tadbirda, shuningdek, «Istanbul» texnoparki Direktorlar kengashi raisi — professor Metin Yerebakan ham ishtirok etdi.

Bayonnoma Turkiya Respublikasi Prezidenti administratsiyasining Inson resurslarini boshqarish ofisi bilan imzolanib, Toshkent shahrida «Istanbul» texnoparkining «TALENT HUB» inkubatsiya markazini tashkil etishni, yangi texnologiyalar sohasida hamkorlikni kengaytirish, ilmiy texnoparklar va inkubatorlar tashkil etish, ularni rivojlantirish va boshqarishni nazarda tutadi. Bayonnomaning imzolash marosimi davomida Toshkent shahrida «Istanbul» texnoparkining «TALENT HUB» inkubatsiya markazini va keyingi bosqichda «Istanbul» texnoparkining filialini ochish masalalari muhokama qilinib, amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirib olindi.

Ushbu Loyiha sog‘liqni saqlash, vaksinatsiya, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, qurilish, aloqa va kommunikatsiya sohalarida, mudofaa sohasida samolyotlarni yaratish, yangi texnologiyalar, turli sohalardagi tadqiqotlar va boshqalarda keng texnologik yo‘nalishlarni birlashtiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring