Pokistonga 100 terabaytli internet keladi
Pokistonning «Transworld Associates» kompaniyasi 100 terabaytli internet-magistral konsorsiumiga a’zo bo‘ldi. Bu haqda «Pro Pakistani» portali xabar berdi.
Yuqori tezlikdagi internet-magistral Pokistonda 2025 yilda ishga tushiriladi.
«Pokiston kompaniyasi «SEA-ME-WE 6» konsorsiumining eng yangi va zamonaviy, yuqori tezlikdagi suvosti kabel tizimiga a’zo bo‘ldi», — deya ta’kidladi «Transworld Associates» prezidenti Komron Malik.
Loyiha Yevropadan Singapurgacha O‘rta Yer, Qizil va Arab dengizlari hamda Hind okeani tubi bo‘ylab 19 200 kilometr uzunlikda suvosti kabelini tortishni ko‘zda tutadi. Konsorsiumga a’zo mamlakatlarda internetga ulanish tezligi va sifati ancha yaxshilanishi kutilmoqda.
Konsorsiumga a’zo mamlakatlar: Fransiya, Misr, Saudiya Arabistoni, Jibuti, Pokiston, Hindiston, Shri-Lanka, Bangladesh, Singapur, Malayziya va Indoneziya.
Pokistonda 2021 yilda IT-soha 47 foizga o‘sdi. 2022 yilda o‘sish 75 foizga chiqishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter