Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimi takomillashtiriladi
«Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–4921-son, 14.12.2020 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
Unga ko‘ra, jumladan:
- pochta va kurerlik xizmatlarini taqdim etish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda «yakuniy manzil» xizmati joriy etiladi;
- «Gibrid pochta» jo‘natmalarini qabul qilish va yetkazib berish xizmatlari soni 2 barobarga oshiriladi;
- mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini onlayn sotish va mijozlarga yetkazib berish imkoniyatini beruvchi elektron savdo maydonchasi axborot tizimi yaratiladi;
- respublikaning kamida 1 000 ta pochta bo‘limida, ayniqsa, olis va chekka hududlarda moliyaviy xizmatlar turlarini, xususan, aholidan to‘lovlar qabul qilish ikki barobarga kengaytiriladi hamda autsorsing asosida bank xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi;
- olis va chekka hududlardagi pochta bo‘limida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.
2021 yilda 42 ta namunaviy tumanlarda (shaharlarda) pochta aloqasi korxonalarini transformatsiya qilish loyihalarini ko‘zda tutuvchi “Yo‘l xarita”lari amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra:
● 267 ta pochta aloqasi bo‘limi binosi ta’mirlanadi;
● 110 ta bino davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy ko‘rinishda qayta quriladi;
● 326 ta pochta aloqasi bo‘limigacha 754 km optik tolali aloqa liniyalari tortiladi;
● 250 ta pochta aloqasi bo‘limi zamonaviy kompyuter texnikasi va mobil qurilmalar bilan ta’minlanadi;
● 42 ta tuman pochta aloqasi bog‘lamasida “Gibrid pochta” jo‘natmalarini chop etish va unga ishlov bergan holda oluvchilarga yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi;
● 230 ta pochta aloqasi bo‘limida bank xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi;
● 55 ta qo‘shimcha pochta aloqasi bo‘limini ochish hisobidan 145 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter