Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya haqidagi ma’lumotlarni my.gov.uz orqali olish mumkin (video)

Pensiya haqidagi ma’lumotlarni my.gov.uz orqali olish mumkin (video)

Foto: «Xabar.uz»

Hamma ham yoshi ulg‘ayganda nafaqa pulini olib, keksalik gashtini surishni niyat qiladi.

Ayniqsa, bir davraga yig‘ilgan nuroniylarimiz o‘z suhbatlarida pensiya mavzusiga to‘xtalishi shubhasiz. Biri nafaqasi oshgan-oshmaganini bilmayotganidan, boshqasi pensiyasi haqida ma’lumotlarni olish uchun ko‘p ovora bo‘layotganidan gapirib qoladi...

Shunday paytda ular orasida «zamonaviyrog‘i» bo‘lsa, hozir bu muammo emasligini aytib, my.gov.uz portali orqali uydan chiqmagan holda ham ma’lumot olish mumkinligini tushuntira ketadi.

Agar bu mavzu sizni ham qiziqtirib qolgan bo‘lsa, marhamat, tezda Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalidan ro‘yxatdan o‘ting. 

Ushbu amaliyotdan so‘ng qidiruv satriga «Pensiya haqida ma’lumot» yozuvini kiritib, so‘ralgan manzilga o‘ting. Xizmat pasporti bilan tanishib chiqib, jarayonni davom ettiring.

Keyingi bo‘limda ma’lumotlar bo‘yicha kerakli bandni belgilab, pensiya turini tanlang. Ma’lumotnoma olishdan maqsadingizni ko‘rsating va hujjat taqdim qilinayotgan tashkilotni, kerakli ma’lumot bo‘yicha aniq sanani belgilang.

Navbatdagi jarayonda Elektron hukumatning xizmatlar bazasi orqali nafaqa ma’lumotlari ko‘rsatilgan faylga o‘tish so‘raladi.

Unutmang!

Pensiya jamg‘armasi tomonidan sizga belgilangan davr uchun to‘lovlar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnoma mutlaqo bepul taqdim etiladi.

Xullas, endi nuroniylarimiz o‘z nafaqalari haqida qayg‘urmasa ham bo‘ladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring