Pandemiya sharoitidagi innovatsiyalar haqida onlayn anjuman o‘tkazadi

IT-Park hamda GoToAsia.Market hamkorlikda O‘zbekistonda pandemiya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha korporatsiyalar, biznes va davlat organlari uchun innovatsiyalarga doir onlayn anjuman o‘tkazadi.
Ushbu anjuman investorlar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘armalar vakillari uchun ham foydali bo‘ladi: unda aloqa ma’lumotlarini almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olish mumkin.
GTAM Alliance – «IT-ASIA» MChJ (Toshkent), «IT-V» (Moskva), «Global Care League» MChSh (Olma-Ota) asosida 2019 yilda tashkil etilgan loyihadir. Tashkilotning asosiy maqsadi CIS, MENA va Indiq bozorida innovatsion texnologiyalarni (innovatsiyalarni uzatish) targ‘ib qilishdir.
Hozirda asosiy e’tibor davlat va biznes buyurtmachilari, shuningdek, texnologik-innovatsion loyihalar manfaatlari yo‘lida Rossiya va O‘zbekistondagi faoliyatga qaratilmoqda.
Onlayn anjuman 2020-yil 5-may kuni Moskva vaqti bilan soat 11:00, Toshkent vaqti bilan soat 13:00 boshlanadi.
Anjumanda Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘istondagi startaplar vakillari, shuningdek, Covid-19 Challenge 2020 dasturining finalchilari ma’ruza qiladi.
Onlayn anjuman 4 ta mavzuda bo‘lib o‘tadi:
- Tibbiyotdagi texnologiyalar
- Onlayn ta’lim
- Masofaviy ish
- B2B va B2G yechimlar
Anjuman dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ochilish marosimi, loyihalar taqdimoti va ekspertlar va mehmonlarning fikr-mulohazalari.
Agar siz startapchi bo‘lsangiz va ushbu onlayn anjumanda ma’ruza qilishni istasangiz, quyidagi havolalar orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
Anjuman haqida batafsil ma’lumot: https://gotoasia.market/online-conference-covid
Ro‘yxatdan o‘tish: https://gotoasia.market/online-conference-covid#form
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter