Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zingizga qulay vaqtda to‘lang! UZONLINE abonentlari uchun yangi tartib joriy etildi

O‘zingizga qulay vaqtda to‘lang! UZONLINE abonentlari uchun yangi tartib joriy etildi

Abonentlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida «O‘zbektelekom» AK 2019-yil 15-maydan boshlab, jismoniy shaxslar uchun UZONLINE internet-xizmatlariga ulanishda abonent to‘lovlarini amalga oshirishning yangi tartibini joriy etmoqda, bunda hisob-kitob davri va to‘lov muddatlari «suzuvchi davr» tamoyili bo‘yicha o‘zgarishi mumkin. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Endi internetga ulanish uchun to‘lov har qanday qulay vaqtda amalga oshirilishi mumkin. Mazkur hisob-kitob tizimining joriy etilishi oyning dastlabki kunlarida kompaniya billing tizimi va Call-markazi ishini teng ravishda taqsimlashga va optimallashtirishga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Endi abonent to‘lovi hisoblanishi oyning birinchi sanasiga bog‘lanmaganligi sababli abonentlarga xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi. Kompaniyaning har bir abonenti to‘lovlarni o‘ziga qulay vaqtda amalga oshirishi mumkin, hisob sanasi xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan belgilanadi. To‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganda, shaxsiy hisob «to‘lovni kutish» holatiga o‘tkaziladi va to‘lov amalga oshirilgandan boshlab, xizmatlarning taqdim etilishi davom etadi va hisoblash sanasi yangi hisob-kitob davriga o‘tadi.

Cheklangan tarif rejalariga ulangan abonentlar, endi trafik limiti tugagach, oyning birinchi sanasini kutishlari shart emas, faqat o‘z tarif rejalarini qayta ishga tushirish yoki yangi tarifni faollashtirish va zarur trafik hajmini bugunning o‘zida olishlari mumkin.

Bir misol keltiramiz. Hozirgacha UZONLINE abonentlari har oyning birinchi sanasigacha qat’iy ravishda to‘lovni amalga oshirishlari kerak edi. Agar oylik to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagan va masalan, abonent 10 kunlik xizmat uchun birinchi kundan to‘lovni amalga oshirmagan bo‘lsa, bu holda hisobot davri 1 kundan boshlab hisoblanishi sababli 10 kunni «yo‘qotardi». Endi abonent o‘ziga qulay bo‘lgan har qanday kunda to‘lashi mumkin va to‘lov amalga oshirilgan paytdan boshlab, 1 oy uchun hisoblab chiqiladi. Bundan tashqari, bir tarif rejasidan boshqasiga o‘tish qulay bo‘ldi. Oyning birinchi sanasini kutishning hojati yo‘q, har qanday kunda yangi tarifga o‘tish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda, UZTELECOM uyda foydalanish uchun  4, 6, 10, 20, 40, 100 Mbit/s tezlikdagi «Umlim» tarif rejalarini taqdim etgan edi. Internet mazkur tariflar bilan yanada arzonlashdi, tezlik esa ko‘tarildi.

— Endi, xizmatga ulangan texnologiyasiga qarab, (ADSL, VDSL yoki FTTx) 4 Mbit/s dan 100 Mbit/s gacha tezlikni tanlash imkoni paydo bo‘ldi. Biz abonentlarimizning ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlari, Call-markazga kelib tushayotgan murojaatlar statistikasi, savdo va xizmat ko‘rsatish ofislariga qilingan murojaatlar va hohishlarini inobatga olishga harakat qildik. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, bugungi kunda cheklanmagan tarif rejalari yuqori talabga ega va tarif rejalar orasida katta ulushni egallaydi. Shuningdek, alohida to‘xtalib o‘tmoqchimizki, biz bu bilan cheklanmaymiz va har kuni abonentlarimiz uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga harakat qilamiz. Buning yorqin namunasi, yangilangan «Turbo» xizmatidir. Ushbu xizmat, tanlangan xizmat muddatiga qarab, tezlikni 40 Mbit/s gacha oshirish imkonini beradi, shuningdek, mavjud tezlikni tezkor oshirib, abonent to‘lovini to‘liq oy uchun to‘lamasdan, tejash imkonini beradi» — deydi kompaniya tijorat direktori v.v.b. Alisher Zufarov.

Yangi tarif rejalariga UZTELECOM savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida ulanish mumkin, amaldagi abonentlar esa o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali onlayn ravishda o‘tish imkoniyatiga egalar.

Har doim onlayn-harakatda bo‘ling!

Batafsil ma’lumotni 1084 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki quyidagi saytlardan olish mumkin:

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring