«O‘zbektelekom»dan yangi aksiya: Internetga ulanuvchilar uchun bepul qurilma!
«O‘zbektelekom» AK 2019-yil 1-iyundan «Internetga ulaning va abonent qurilmasiga bepul ega bo‘ling» aksiyasini e’lon qildi.
Endi «UZONLINE»ga ulanuvchilar qurilma sotib olish uchun qo‘shimcha xarajat qilishi shart emas. Shunchaki faqat oylik abonent to‘lovi 50 ming so‘mdan ortiq bo‘lgan tarif rejasiga ulansa, abonent qurilmasiga mutlaqo BEPUL ega bo‘lishadi.
Amaldagi abonentlar aksiyada faqatgina ulanish texnologiyasi «xDSL»dan «FTTx»ga o‘zgartirilganda ishtirok etishlari mumkin. Abonentga qurilma bepul foydalanishga taqdim etiladi.
Aksiyada ishtirok etish boshlangan kundan boshlab, uch oy mobaynida, abonent tomonidan aksiyaning barcha shartlari bajarilgandan so‘ng qurilma abonentning xususiy mulkiga aylanadi.
Qayd etilishicha, mazkur aksiya doirasida taqdim etiladigan abonent qurilmasining soni cheklangan. Batafsil ma’lumotlar bilan kompaniya saytida tanishish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter