«O‘zbektelekom»da profilaktika. Bu «UzCard» terminallari ishiga ham ta’sir qiladi
«UzCard» kompaniyasi avgust oyi oxirigacha terminallar ishida uzilishlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, 19-avgustdan 30-avgustga qadar POS va E-POS terminallari protsessing markazi bilan vaqtinchalik ulana olmasligi mumkin.
Bunga «O‘zbektelekom» kompaniyasida profilaktika ishlari olib borilishi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Qayd etish lozimki, «O‘zbektelekom» AKning «Uzonline» internet xizmatlarida uzilishlar kuzatilmoqda. Kompaniya xabariga ko‘ra, bu holat 30-avgustga qadar davom etishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter