«O‘zbektelekom» Rossiyaning eng yirik onlayn-kinoteatri bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
![«O‘zbektelekom» Rossiyaning eng yirik onlayn-kinoteatri bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi](https://static.xabaruz.com/crop/8/1/720_460_95_818516161.jpg)
«O‘zbektelekom» kompaniyasi Rossiyaning eng yirik onlayn-kinoteatri bo‘lgan «Ivi» kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda «Sputnik».
Bugungi kunda «Ivi» kompaniyasi «Warner Brothers», «Paramount Pictures», «Fox», «Sony Pictures», «NBC Universal», «Disney», «BBC», «Mosfilm», «Bazelevs», «Sentral Partnership» kabi ko‘plab Rossiya va xalqaro kontent yaratuvchilari mahsulotini onlayn namoyish qilish huquqiga egadir.
«Biz Rossiya bozorining yetakchisi bo‘lgan «Ivi» va boshqa xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Yaqin bir necha oy, uzog‘i bilan yarim yil ichida ijtimoiy tariflarni ishga tushiramiz. Ular nafaqat internetga ulanish, balki IPTV va xorijiy kompaniyalar kontentiga to‘lov orqali ulanish imkonini beradi», — degan «O‘zbektelekom» AKning marketing va savdo bo‘yicha direktori Yevgeniy Vishnevskiy.
Vishnevskiy aytishiga qaraganda, xorijiy kontent yaratuvchilar nafaqat O‘zbekiston bozoriga o‘z mahsulotlarini olib chiqish, balki mahalliy kino studiyalar bilan ularning mahsulotlarini o‘zlarining sahifalarida joylashtirish borasida ham hamkorlik qilishni rejalashtirishgan.
«O‘zbektelekom» yetti yildan buyon mamlakatda IRTV xizmatini ko‘rsatib keladi. IRTV – zamonaviy televideniye standarti bo‘lib, u ko‘rsatuvlarni istalgan vaqtda tomosha qilish, to‘xtatib qo‘yib keyin tomoshani davom ettirish, yozib olish, turli film va seriallarga buyurtmalar berish kabi imkoniyatlar taqdim etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter