Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbektelekom» AKni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha boshlanadi

«O‘zbektelekom» AKni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha boshlanadi

Vazirlar Mahkamasi 17.04.2021 yildagi «O‘zbektelekom» AK xalqaro paketli kommutatsiya markazining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish» loyihasining Texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 220-son qarorni qabul qildi.

Hujjat Prezidentning «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 Qaror bilan:

a) «O‘zbektelekom» AK xalqaro paketli kommutatsiya markazining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish» loyihasining texnik topshiriqlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘tkazilgan tanlov savdolari natijasiga ko‘ra «Winncom Technologies Corp» kompaniyasi (AQSh) g‘olib deb topilganligi;

b) loyihaning TIA bo‘yicha umumiy qiymati 25 920,4 ming AQSh dollariga, shundan investitsiya davridagi moliyaviy va boshqa xarajatlar uchun 5 973,4 ming AQSh dollariga hamda jami 19 947 ming AQSh dollariga teng quyidagi:

  • «O‘zbektelekom» AK BNG va DPI qurilmalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish uchun – 4 974,1 ming AQSh dollarilik;
  • «O‘zbektelekom» AK ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish uchun - 4 990,7 ming AQSh dollarilik;
  • «O‘zbektelekom» AK xalqaro paketli kommutatsiya markazini o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish uchun - 4 985,7 ming AQSh dollarilik;
  • «O‘zbektelekom» AK ma’lumotlar uzatish yadro tarmog‘ida xizmatlar ko‘rsatishning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish uchun - 4 996,5 ming AQSh dollarilik mashina va uskunalar xarid qilinishi ma’lumot uchun qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • «O‘zbektelekom» AK xalqaro paketli kommutatsiya markazining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish» loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari;
  • «O‘zbektelekom» AK xalqaro paketli kommutatsiya markazining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish» loyihasi bo‘yicha AT «Aloqabank» kreditini qaytarish prognoz grafigi.

Quyidagilar umumiy qiymati 25 920,4 ming AQSh dollariga teng loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

  • AT «Aloqabank»ning umumiy qiymati 19 947,0 ming AQSh dollari miqdoridagi krediti;
  • «O‘zbektelekom» AKning 5 973,4 ming AQSh dollari miqdoridagi o‘z mablag‘lari.

Quyidagilar belgilab qo‘yildi:

  • «O‘zbektelekom» AK AT «Aloqabank» kreditidan maqsadli va samarali foydalanish, loyihani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan ijro organi hisoblanadi;
  • AT «Aloqabank» kreditini qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar va unga hisoblangan foizlar «O‘zbektelekom» AKning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.04.2021 yildan kuchga kirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring