«O‘zbektelekom» Afg‘onistonga internet xizmatlarini eksport qiladi
Kecha, 24-iyul kuni «O‘zbektelekom» AK va Afg‘oniston Islom Respublikasining «Wireless Communication Company» (AWCC) telekommunikatsiya operatori rahbariyati o‘rtasida muzokaralar olib borildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda hamkorlik memorandumi imzolandi va O‘zbekiston – Afg‘oniston xalqaro chegara punktlarida «O‘zbektelekom» AK va AWCC tarmoqlari o‘rtasida yangi xalqaro chegara qo‘shma qurilishi bo‘yicha bitim imzolandi. Ushbu bitim Afg‘onistonga xalqaro internet tarmog‘i xizmatlarini eksport qilish imkoniyatini beradi.
Muzokaralar davomida o‘zaro telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq texnik va tijorat masalalari ham muhokama qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter