«O‘zbektelekom» 15-iyuldan yangi tariflarni taqdim etdi. Narxlar oshdimi yoki tushdi?
2019-yil 15-iyuldan boshlab «O‘zbektelekom» AK jismoniy va yuridik shaxslar uchun telefoniya, IP-telefoniya va videotelefoniya xizmatlari uchun yangi tarif rejalarini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu tarif rejalarida O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun yangi daqiqalar, «O‘zbektelekom» AK tarmog‘ida cheksiz qo‘ng‘iroqlar uchun tariflar («O‘zbektelekom» AKning qayd etilgan aloqa raqamlari, Uzmobile GSM va CDMA tarmoqlarining mobil telefonlari), shuningdek, O‘zbekiston bo‘ylab to‘liq cheksiz qo‘ng‘iroqlar taqdim etiladi.
Avvallari an’anaviy telefoniya tariflari oyiga faqat 180 daqiqa limit bilan taqdim etilgan. Yangi tariflarda abonentlar uchun O‘zbekiston bo‘yicha yoki «O‘zbektelekom» AK tarmog‘i ichida cheklangan va cheksiz tarif rejalari amalga kiritiladi.
Qayd etilishicha, yangi tarif rejalari yanada qulaylashgan va oylik abonent to‘lovining arzonlashtirilishi ular taqdim etiladigan xizmatlarning ko‘p yoki hatto cheklanmagan hajmda ekanligini o‘z ichiga oladi.
Misol uchun, avval yuridik shaxslar uchun cheksiz tarif rejasining qiymati 60 000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, endi uning narxi 40 000 so‘mdan iborat (narxning 1,5 barorbarga pasayishi). Xuddi shunday narxning pasayishi videotelefoniya xizmati uchun ham amal qiladi. Avvalgi to‘liq cheksiz tarif rejasining qiymati oyiga 90 000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, endilikda yangi tarif rejasining narxi 40 000 so‘mni tashkil qilmoqda (narxlarning 2 barobardan ziyod pasayishi).
Yangi tarif rejalari faol abonentlar uchun juda ham foydalidir.
Yangi tarif rejalarida xalqaro aloqalar xizmatining qiymati 125-1/1 narxnomasiga muvofiq narxlanadi.
Yangi tarif rejalarining shartlari haqida bu yerda batafsil tanishish mumkin.
Abonentning xohishiga ko‘ra yangi tarif rejasiga o‘tish yoki ulanish imkoni mavjud va buning uchun abonent kompaniyaning savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘limlaridan biriga ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Diqqat! 2019-yil 1-sentyabrdan IP-telefoniya, videotelefoniya xizmatlari uchun avval tasdiqlangan tarif rejalari foydalanish uchun bekor qilinadi. Batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter