O‘zbekistonda xalqaro internet kanallariga ulanish tezligi 140,034 Gbit/s ga yetdi
Shu yilning 2-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmedxo‘jayev raisligida vazirlik Hay’at kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Unda 2018-yilning I yarim yilligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish holati, shuningdek sohaga xorijiy sarmoyalarning jalb etilishi va investitsion loyihalarning amalga oshirilishi sarhisob qilindi.
Hay’at kun tartibiga ko‘ra, sohaning joriy yil I choragidagi rivojlanish holati sarhisob qilindi. Unga ko‘ra sohada xizmat ko‘rsatish ko‘lami o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 118,9 foizga oshgan. Xalqaro internet kanallariga ulanish tezligi soniyasiga 140,034 Gbit.ga yetgan. Ya’ni, 2018-yilning boshiga nisbatan 1,5 barobar oshgan (yil boshida 94,034 Gbit/s). Shuning bilan birga, internet provayderlar uchun xalqaro internet kanallariga ulanish narxi o‘zgarishsiz qolgan – 244985 so‘mni tashkil qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter