O‘zbekistonda «UzCard-Visa» kartochkalari ish boshlashi haqidagi xabarlar rad etildi
«Visa» O‘zbekiston bozorida tez orada chiqarilishi aytilgan «UzCard-Visa» kartasi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi.
«Visa O‘zbekiston bozorida tez orada chiqarilishi aytilgan «UzCard-Visa» qo‘shma kartochkasi haqidagi xabarlarni tasdiqlamaydi. Shuningdek, «Visa» va «UzCard» kompaniyalari o‘rtasida kelishuv imzolanishi haqidagi xabarning ham haqiqatga mos emasligini ma’lum qilamiz.
«Visa» kompaniyasi naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish bilan bog‘liq qator yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekistondagi moliyaviy institutlar va biznes sheriklar bilan hamkorlik qiladi. Qo‘shma kartaning joriy etilishi bu yo‘nalishlar qatoriga kirmaydi»,- deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter