Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «Tezkor pochta» xizmati joriy qilindi

O‘zbekistonda «Tezkor pochta» xizmati joriy qilindi

Foto: «UzNews.uz»

O‘zbekiston milliy pochta aloqasi operatori respublikamiz pochta bozori kon’yunkturasini o‘rganib chiqqan holda hamda mijozlardan tushayotgan talablarni inobatga olib «Tezkor pochta» yangi xizmat turini joriy qildi.

Joriy yil 10 apreldan «Tezkor pochta» xizmati doirasida pochta jo‘natmalarini qabul qilish va yetkazib berish uchun butun respublika bo‘ylab 15 ta pochta aloqasi ob’yektlari tasdiqlandi.

Jo‘natmalarning qabul qilinishi va yetkazib berilishi qisqa nazorat muddatlarda va hamyonbob narxlarda amalga oshiriladi.

Masalan, Toshkentdan Nukusgacha va boshqa viloyatlar markazlarigacha jo‘natmalar 24 soat ichida yetkazib beriladi va oluvchilar zudlik bilan pochta jo‘natmasi haqida telefon orqali xabardor qilinadilar.

«Tezkor pochta» jo‘natmalarida «Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari»ga muvofiq ichki pochta jo‘natmalari uchun belgilangan hujjatlarni, ish qog‘ozlarini va xalq iste’moli mollarini jo‘natishga yo‘l qo‘yiladi.

Respublika ichidagi tezkor pochta jo‘natmalarini jo‘natish va topshirish xizmatlariga belgilangan tariflar aksiyadorlik jamiyati rasmiy saytida keltirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring