Telekommunikatsiyalar tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha xorijlik ekspertlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda konsalting va audit bo‘yicha professional xizmatlarni ko‘rsatuvchi «PricewaterhouseCoopers» xalqaro kompaniyalar tarmog‘i delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda ekspertlar guruhi O‘zbekistonning telekommunikatsiyalar bozorida olib borilgan o‘rganishlar natijasiga oid hisobotni taqdim qildilar. Shuningdek, taqdimotda telekommunikatsiyalar infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan xalqaro ilg‘or tajribalar qayd etildi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari mamlakatning telekommunikatsiyalar infratuzilmasini rivojlantirishga oid investitsion loyihalarni amalga oshirishga, xususan xalqaro internet tarmog‘iga ulanish tezligini oshirish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.
Tomonlar hamkorlikni ekspertlar ishtirokida ikkala tomon uchun ham manfaatli kelishuvlar doirasida davom ettirishga kelishib oldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter