Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda innovatsiyalarni joriy etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflaringiz bormi?

O‘zbekistonda innovatsiyalarni joriy etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflaringiz bormi?

Foto: «Gazeta.uz»

Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekistonda innovatsiyalarni joriy etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha barchani hamkorlikka chaqirdi.

2018-yilga yurtimizda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb nom berilgan.

Shavkat Mirziyoyev ushbu munosabat bilan fikr bildirar ekan, «bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi», degan edi.

Prezidentning ta’rificha, innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak.

Shu maqsadda Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi va uning oldiga aniq vazifalar qo‘yildi. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oshirishda o‘ziga xos lokomotiv rolini bajaradi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi belgilangan vazifalarni amalga oshirish, mamlakatimizda innovatsiyalarni yanada kengroq joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan «yo‘l xaritasi»ga kiritish uchun barchani o‘z tavsiyalari bilan qatnashishga taklif etmoqda.

Takliflarni yuborish uchun ushbu savolnomani to‘ldirish so‘raladi.

Savolnoma orqali mazkur yo‘nalishdagi mavjud muammolar, ularning yechimi bo‘yicha takliflar, kutilayotgan natijalar haqida fikr-mulohazalarni bildirish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring