Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda elektromobillarni quyosh yordamida quvvatlantiruvchi qurilma yaratildi

O‘zbekistonda elektromobillarni quyosh yordamida quvvatlantiruvchi qurilma yaratildi

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan elektromobillarni zaryadlovchi maxsus qurilma loyihasi moliyalashtirildi.

Ushbu loyiha asosida O‘zbekiston iqlimiy sharoitini hisobga olgan holda energiya saqlash tizimiga ega bo‘lgan quyosh fotoelektrik tizimlari orqali mahalliy elektr tarmog‘i bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez zaryadlash qurilmasi yaratildi.

U Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining yetakchi olimi, texnika fanlari doktori Nuriddin Matchanov boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan ishlab chiqildi.

Ushbu qurilma elektromobillarni tez, shuningdek xavfsiz zaryadlash uchun mo‘ljallangan. O‘rta quvvatli va taqsimlangan generatsiya ob’yektlarini o‘rnatish bilan shug‘ullanadigan xususiy tadbirkorlar elektr avtomobillarini zaryadlash xizmatini ko‘rsatish shahobchalarini tashkil etishda qo‘llashlari mumkin.

Loyihani bajarish jarayonida quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish hamda markaziy elektr tarmoqlariga xavfsiz ulash uchun har bir stansiyaning quvvati va har bir hudud uchun texnik talablar ishlab chiqiladi. Quyosh fotoelektrik stansiyasini markaziy elektr tarmog‘iga ulash uchun texnik shartlar bajarilgandan keyin ishonchli ishlash mezonlari yaratiladi.

Ushbu ishlar to‘liqligicha amalga oshirilganidan so‘ng, sohada respublikamizda malakali, yetuk mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Ma’lumot uchun, qurilmaning AC kirish kuchlanishi: 380v ± 15%, tarmoq chastotasi: 50 Gs ± 5%, chiqish kuchlanishi esa: DC 200 ~ 1000V, chiqish toki: 0 ~ 250A.

Zaryadlash tizimi o‘rnatilgan tartibda sertifikatlash uchun ma’lum bir vaqt talab etiladi, so‘ngra uni seriali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish – zavod tashkil qilish uchun mablag‘ talab etiladi. Kelajakda mazkur loyihaga investorlarni jalb qilib, ishlab chiqarishni tashkil etish va respublika bo‘ylab o‘rnatishni boshlash rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring