Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «Beeline Academy» ochildi

O‘zbekistonda «Beeline Academy» ochildi

3 oktyabr kuni Toshkentda joylashgan «Tashkent International University of Education» (TIUE)da O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlari uchun IT-mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan Beeline Akademiyasi ochildi.

«Beeline Academy» O‘zbekistonning yosh fuqarolariga ham onlayn, ham sirtqi ta’lim platformasidan foydalanish imkoniyatini beradi. Xususiy va davlat tashkilotlari ma’lumotlarini ehtimoliy tahdidlardan ishonchli himoya qilishni ta’minlash uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Ilk bosqichda Beeline Uzbekistan IT-kasblarini ommalashtirish va O‘zbekiston yoshlarini mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirishda bevosita ishtirok etuvchi sohalarga jalb etishga qaratilgan loyihaga 150 ming dollar sarmoya kiritdi. Universitet bilan hamkorlik yangi ufqlarni ochadi hamda IT-mutaxassislarni tayyorlash tizimi platformasini yaratishga imkon yaratadi.

TIUE — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining real sektori ehtiyojlari uchun axborot texnologiyalari, ta’lim va biznes boshqaruvi yo‘nalishlari uchun oliy ma’lumotli yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan O‘zbekistondagi xususiy oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, «Beeline Academy» bilan hamkorlikda respublika bo‘ylab iqtidorli yoshlar uchun kurslar va treninglar o‘tkazish maqsadida o‘qituvchilarni tayyorlash rejalashtirilgan.

Nosir Xo‘jayev, TIUE rektori: «Ta’lim sohasi har doim ham mehnat bozorining talablari va yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi bilan mos kelavermaydi. Shu bois raqamli loyihalarni amalga oshirishda va IT sohasida keng tajribaga ega yirik korxonalarning ishtiroki juda muhim. Biz Beeline Uzbekistan’ga universitetimiz negizida shunday ulkan loyihani yaratgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ishonchim komilki, «Beeline Academy» bitiruvchilari axborot texnologiyalari sohasida eng muvaffaqiyatli va katta talabga ega mutaxassislar qatoriga qo‘shiladi».

Andjey Malinovski, Beeline Uzbekistan bosh direktori: «Yoshlarga sifatli ta’lim berish va raqamli texnologiyalar sohasida korporativ madaniyatni shakllantirish kompaniyaning digital-operatori bo‘lish jarayonida muhim vazifaga aylanadi. Biz o‘z oldimizga EduTech yo‘nalishida ham yetakchi bo‘lishni maqsad qilganmiz. «Beeline Academy» ishga tushirilishi bu yo‘nalishdagi muhim qadamdir. Yangi ta’lim platformasi yosh iste’dodlarni o‘qitish imkoniyatlarini yaratib, ularga IT, kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt sohasida ilg‘or bilim va ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi. Shuningdek, kelgusida hamkorlik qilish uchun talabalar orasidan eng iqtidorlilarini topib, ularga hamkorlik taklif qilamiz».

«Beeline Academy» loyihasining muhim jihati o‘quv xonalarini tayyorlash va jihozlashdan tashqari, o‘quv jarayonining ajralmas qismiga aylanadigan o‘zining interaktiv videostudiyasini yaratishdir. Studiya doirasida talabalar va o‘qituvchilar masofaviy ta’limni takomillashtirish, virtual videodarslarni ishlab chiqish, vebinarlar va videokonferensiyalar o‘tkazish, ta’lim jarayonini yanada qulay va interaktiv qilish uchun yuqori sifatli videokontent yaratishga yordam beradigan ilg‘or texnologiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ochilish kunida tarkibiga Beeline Uzbekistan kiruvchi VEON Group bosh direktori Kaan Terzioglu jonli efirda Beeline Akademiyasi talabalariga murojaat qildi: «O‘zbekistondagi ambitsiyalarimiz haqida gapirganimizda, boshidanoq bizning bitta asosiy maqsadimiz bor edi, bu — O‘zbekistonni mintaqaning IT-markaziga aylantirish. Bu sohada iqtidorlarli yoshlarni rivojlantirish mamlakatning global raqamli iqtisodiyotga integratsiyalashuviga yordam beradi. Men bu jarayonning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman. Kelajakda sizning vazifangiz ma’lumotlarni qayta ishlash, dasturiy ta’minotlarni yaratish va sun’iy idrokni samarali joriy etish bo‘ladi. Sizga «Beeline Academy»da ajoyib tajriba orttirishingizga tilakdoshman va Beeline Akademiyasi biz O‘zbekistonda yaratayotgan merosning bir qismi bo‘lishini istayman».

«Beeline Academy» loyihasi talabalarning axborot texnologiyalari bo‘yicha universitet o‘quv dasturi doirasidagi darslar bilan bir qatorda so‘nggi amaliy mashg‘ulotlar dasturlariga ham kirish imkoniyatini oshiradi.

***
«Unitel» MChJ 2006 yilning 12 sentyabridan boshlab «Beeline Uzbekistan» savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam shahrida (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi

VEON oltita jadal rivojlanib borayotgan mamlakatda 160 milliondan ziyod foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.

Beeline Uzbekistan’da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. «Unitel» MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring