Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston «Telegram»dan foydalanish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda

O‘zbekiston «Telegram»dan foydalanish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda

O‘zbekiston «Telegram» foydalanuvchilari soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi.

Foto: «VC.ru»

2017-yil yanvar oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston «Telegram» foydalanuvchilari soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi. Ro‘yxatda Eron va Malayziya yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi «VC.ru».

Xabarda aytilishicha, 2017-yil yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston «Telegram»  foydalanuvchilari soni bo‘yicha yuqori uchlikka kirgan, birinchi va ikkinchi o‘rinlarda Eron va Malayziya joylashgan.

O‘zbekistonda hattoki qator davlat tuzilmalari ham o‘z xizmatlarini «Telegram»  taqdim etmoqda, deyiladi maqolada. Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligining @mehnatbot, Ichki ishlar vazirligi va Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida foydalaniladigan blanklarni olish imkonini beruvchi @PassportInfoUz_Bot botlari tilga olingan. Shuningdek, mamlakat prezidentining siyosiy hayoti haqidagi yangiliklarni tezkorlik bilan taqdim etuvchi respublika rahbarining rasmiy kanali ham alohida qayd etildi.

Bloger xususiy sektorga aloqador ommabop bot va kanallarni ham sanab o‘tgan.

«O‘zbekistonning biznes-amaliyotida hujjatlar — shartnomalar, prayslar, tijoriy takliflar, anketalarni «Telegram» orqali yuborish allaqachon odatiy holga aylangan», — deb yozadi bloger.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring