O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar reytingida yuqori natija ko‘rsatdi
O‘zbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 195 ta mamlakat orasida 70 ball bilan 30-o‘ringa ko‘tarildi hamda Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni saqlab qoldi.
Open Data Inventory (ODIN) – rasmiy statistika kamchiliklarini aniqlash, ochiq ma’lumotlar siyosatini ilgari surish, milliy statistika organlari bilan ma’lumotlardan foydalanuvchilar o‘rtasida muloqotni yaxshilash va ochiqlikni baholaydi.
Statistika agentligi Open Data Watch tashkiloti bilan 2019-yildan boshlab, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko‘magida hamkorlik qilib kelmoqda.
O‘zbekiston Open Data Inventory (ODIN) reytingida:
— 2015-yilda 125 ta mamlakat orasida 3 ball bilan 125-o‘rinni;
— 2016-yilda 173 ta mamlakat orasida 13 ball bilan 168-o‘rinni;
— 2017-yilda 180 ta mamlakat orasida 18 ball bilan 167-o‘rinni;
— 2018-yilda 178 ta mamlakat orasida 19 ball bilan 168-o‘rinni;
— 2020-yilda 187 ta mamlakat orasida 63 ball bilan 44-o‘rinni egallagan.
— 2022-yilda 192 ta mamlakat orasida 66 ball bilan 40-o‘rinni egallagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter