O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar manbalari soni bo‘yicha yuqori o‘rinni egalladi
O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar manbalari soni bo‘yicha jahonda 6-o‘rinni egallab turibdi. Bu haqda AOKAda Davlat statistika qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida aytildi.
BMTning «Elektron hukumat kuzatuvi 2020»da «Ochiq davlat ma’lumotlari indeksi» bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori (Very High OGDI) ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan jahonning 41 ta mamlakati orasidan joy olgan. Jami ushbu indeksda 193 ta mamlakat baholangan hamda O‘zbekiston eng yuqori ball to‘play olgan.
Ochiq ma’lumotlar reytingida (Open Data Inventory — ODIN) O‘zbekiston 63 ballni to‘pladi va reytingda 125 ta pozitsiyaga ko‘tarilib, dunyoda 44-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston Xalqaro ochiq ma’lumotlar xartiyasiga qo‘shilgan jahondagi 23 mamlakat, Osiyoda Janubiy Koreya va Filippindan keyingi uchinchi davlat bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter