Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2019-yil 1-yanvardan O‘zbekiston milliy elektron savdo maydonchasi ishga tushiriladi

2019-yil 1-yanvardan O‘zbekiston milliy elektron savdo maydonchasi ishga tushiriladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-fevral kuni eksportni ko‘paytirish va importni qisqartirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar ijrosi, bu borada tarmoqlar va hududlardagi ishlar holati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

Ushbu yig‘ilishda Prezident mahsulotlarni xorijga elektron savdo maydonchalari orqali sotish bo‘yicha ham zamonaviy mexanizmlar joriy etish zarurligini ta’kidladi. Shu bois Janubiy Koreya bilan hamkorlikda 2019-yil 1-yanvardan boshlab, mahalliy eksportyor korxonalarning tovarlarini xorijiy xaridorlar tomonidan sotib olish imkoniyatini beradigan O‘zbekiston milliy elektron savdo maydonchasini ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Mamlakatimizda qanday eksportchi korxonalar borligi va ularning qanday tovarlar ishlab chiqarishi to‘g‘risida xorijiy korxonalar ham, mahalliy korxonalar va davlat idoralari ham axborot oladigan to‘liq manba yo‘qligiga e’tibor qaratildi. Shu bois har bir eksportchi korxona to‘g‘risidagi elektron axborotlar bazasini shakllantirish, ularning mahsulotlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot, marketing tadqiqotlari natijalari, eksport hajmi kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi elektron pasportni joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring