O‘zbekiston-Germaniya: mamlakatimiz axborot texnologiyalari salohiyati muhokama qilindi
O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan «Ipak yo‘lidan Kremniy vodiysigacha. O‘zbekiston IT-sohasining imkoniyatlari» onlayn-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Germaniya axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kompaniya va tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhokama qilindi.
Ingliz tilida o‘tkazilgan onlayn-anjumanda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori S.Babaxodjayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Tashev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i J.Sultonovlar ham qatnashgan.
Shuningdek, Germaniya iqtisodiyotining sharqiy qo‘mitasi ijrochi direktori Mixail Xarms, «Brand IT Volkswagen» kompaniyasining Raqamli va sotishdan keyingi integratsiya bo‘limi boshlig‘i Frenk Hok, «Cloud & Heat Technologiyes GmbH» katta hamkorlik menejeri Lukas Dryu hamda O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi, Germaniyadagi O‘zbekiston elchixonasi, IT Park, IT Centers, IT Academy vakillari ishtirok etishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter