O‘zbek qizlari osmonga nanoyo‘ldosh uchirishdi
8 may kuni UniSat ta’lim (Uni – UNICEF, Sat – sun’iy yo‘ldosh) dasturi ishtirokchilari stratosferaga o‘zlari yasagan ultrazamonaviy nanoyo‘ldoshni uchirgan. O‘zgidromet mutaxassislari ko‘magida qizlar endi to‘plangan meteorologik ma’lumotlarni tahlil qiladilar.
Navoiy viloyati o‘zining mos landshafti, undagi ko‘plab innovatsion va texnologik loyihalar amalga oshirilayotgani tufayli uchirish maydoni sifatida tanlangan. Bu haqda UNICEF axborot xizmati xabar bermoqda.
Parvoz aeronavigatsiya xizmatlari mutaxassislari nazorati ostida bo‘lib o‘tgan, chunki ko‘rsatmalarga ko‘ra, uchirish joyi ustida samolyotlar parvozi uchun osmonni «yopish» talab etiladi. Nanoyo‘ldosh stratosferada taxminan 2 soat bo‘lgan va 11,6 km. balandlikka ko‘tarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter