Orol dengizi fazoda qanday ko‘rinadi? (foto)
Xalqaro kosmik stansiya bort muhandisi, «Roskosmos» sinovchi-kosmonavti Oleg Artemev Orol dengizi fazoda qanday ko‘rinishini ko‘rsatdi. Fazoda olingan bir nechta suratlarni kosmonavt o‘z telegram-kanalida e’lon qildi.
Quriy boshlashiga qadar Orol dunyodagi kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi ko‘l edi, deb yozdi fazogir suratlarga izohida.
Suratlarga foydalanuvchilar ham munosabat qoldirishdi: ayrimlar manzaraning go‘zalligidan hayratga tushgan, yana ba’zilar dengiz hademay butunlay qurib bitishidan xavotir bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter