OpenAI ham Trampning inauguratsiyasiga 1 mln dollar xayriya qildi
OpenAI kompaniyasi rahbari Sem Altman Donald Trampning inauguratsiyasiga 1 million dollar xayriya qildi.
Altman o‘z bayonotida Donald Tramp AQShni «sun’iy intellekt asriga olib o‘tishi»ni, o‘z navbatida OpenAI rahbari «Amerika doim oldinda bo‘lishi uchun uni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi»ni ta’kidladi.
12-dekabr sanasida The Wall Street Journal jurnali Meta kompaniyasi Donald Trampning inauguratsiyasiga 1 million dollar xayriya qilganini yozdi. Ertasi kuni xuddi shu maqsadda shuncha mablag‘ni Amazon kompaniyasi ham ajratishi ma’lum bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter