«OnePlus 6»ning yuzni skaner qilish funksiyasini osongina aldash mumkin (video)
«Twitter» foydalanuvchisi «OnePlus 6» smartfonining«FaceID» himoya tizimini qog‘ozga chop etilgan surat yordamida ochishga muvaffaq bo‘ldi. Videodan ko‘rish mumkinki, blokirovkani hatto oq-qora rangli suratda ham ochsa bo‘ladi, deb xabar beradi «NV.ua».
I printed my face to unlock my OnePlus 6 for the lulz... it worked ¯\_(ツ)_/¯ pic.twitter.com/rAVMq8JKBr
— rik (@rikvduijn) 29 maya 2018 g.
«Men «OnePlus 6»ni blokdan chiqarish uchun shunchaki o‘z yuzimni qog‘ozga chop etdim urinib ko‘rdim… va bu foyda berdi», — deya ta’kidlaydi rolik muallifi.
«Biz «Face Unlock» funksiyasi qulaylik uchun ishlab chiqarganmiz va tegishli xavfsizlik choralarini ko‘rgan bo‘lsakda, doimo o‘z foydalanuvchilarimizga parol yoki PIN-kodlardan, shuningdek, barmoq izi skaneridan foydalanishni tavsiya qilib kelamiz. Shu sababli «Face Unlock» funksiyasi bank yoki to‘lov xizmatlari kabi dasturlar uchun yaroqli emas. Biz muntazam ravishda o‘z texnologiyalarimizni takomillashtirish ustida ish olib bormoqdamiz», — deya rolikka izoh bergan «OnePlus» vakilari.
Qiziq jihati, o‘tgan yili birinchi bor taqdim etilgan yuzni skaner qilish funksiyasiga ega «OnePlus 5T» smartfoni oddiy surat yordamida «aldab» o‘tishning iloji yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter